Polvon qizlarimiz bo‘sh kelmadi

Date:

Surxonning nafaqat yigitlari polvon, balki qizlari ham alplaridan qolishmaydi. Maydonga tushsa, manaman degan yigitni-da, kuragini yerga tekkazib, Barchinoylar avlodi ekanini isbotlamay qo‘ymaydi. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Ayollar kurashi bo‘yicha U20 O‘zbekiston chempionati musobaqasi ham ana shunday polvon qizlar uchun katta sinov maydoni bo‘ldi.
Yurtimizning barcha hududlaridan tashirf buyurgan polvon qizlar o‘z kuch va mahoratlarini namoyish etdilar. kurash qizg‘in va murosasiz tus oldi. Ana shunday keskin kechgan baxslarda Surxon qizlari ham bo‘sh kelmadi. Munosib izdosh ekanini isbot etishdi. 53 kilogramm vazn toifasida Komila Nuraliyeva uchinchi bo‘lgan bo‘lsa, 65 kilogramm vaznda Muqaddas Mamatova 2-o‘rinni qayd etdi. Saodat Turayeva esa o‘z vazn toifasida barcha raqiblarining kuragini yerga tekkazib, 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Oldingi sahifaYuk
Keyingi sahifaYoshlar tarbiyasida muhim…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun