Murosasiz baxslardan so‘ng…

Date:

Bugun kitob targ‘ibotiga har doimgidan-da katta e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, bolajonlarimizni yoshligidan kitob o‘qishga qiziqtiryapmiz, mutolaaga oshno etyapmiz. Albatta, buning foydasini kitobxon yoshlarimiz sezib, bir olam ma’naviy ozuqa olishayotir.
Hattoki, kitobxonlikka chorlovchi tanlovlar, tadbirlar ham ko‘zlagan maqsadimizga yetishga xizmat qilayotir. Termiz shahridagi “Bo‘ston” mahallasi yoshlari o‘rtasida ham “Yosh kitobxon tanlovi” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tanlov 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan baxslar yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun