Xorijda konsert berayotgan xonandalar ogohlantirildi

Date:

Har bir sohada me’yor bo‘lgani yaxshi. Aytishadi-ku, asalning ham ozi shirin deb. aks holda o‘sha tizimda bachkanalik, qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish holatlari yuzaga keladi. o‘zbek shou biznes olamida ham xuddi shunday. Ba’zi san’atkorlarimiz sahna madaniyatini, o‘zlarini tutishni-da unutib qo‘yishgan. Jonli ovozda kuylash talabi haqida-ku eslatmasak ham bo‘ladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa kerakli choralarni ko‘rish lozim bo‘ladi.
Qonunlarimiz esa ayni shunday chora bo‘lib xizmat qiladi. “O‘zbekkonsert” shartlarga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatilishini ma’lum qildi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmatining xabar berishicha, qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun avvalo, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasini yozma ravishda xabardor qilish shartligi belgilab qo‘yilgan.
Agar davlat muassasasini yozma xabardor qilmasa, belgilangan litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bunday faoliyat noqonuniy ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va rejalashtirishda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasini xabardor qilgan holda faoliyat yuritishlari lozimligi to‘g‘risida ogohlantirmoqda.
“Bugungi kunda ushbu talablarga rioya qilmay xorijda konsert dasturlarini rejalashtirib o‘tkazayotgan xonandalar yo‘q emas. Litsenziya talab va shartlariga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi “O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan muddatidan oldin to‘xtatilishi ma’lum qilinadi”, – deyilgan “O‘zbekkonsert” DM axborot xizmati xabarida.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun