Ta’lim va tibbiyot maskanlari faoliyati o‘rganildi

Date:

Doimo sog‘ligimizga e’tibor bermiz. So‘ng, qolgan jihatlarni o‘ylaymiz. Albatta, farzandlar tarbiyasi, ertangi kuni haqida qayg‘uramiz. O‘g‘il-qizlarimiz munosib ta’lim-tarbiya topib, oilasi, yurti koriga yaraydigan insonlar bo‘lib yetishishini orzulaymiz. Ayni maqsadlarni ko‘zlagan holda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, tumandagi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Dastlab, Termiz davlat pedagogika institutiga biriktirilgan 45-sonli maktabda ta’lim sifati va o‘qituvchilarning sifat tarkibini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti ko‘rib chiqildi.
Taqdimotda ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ularning toifa tarkibini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu ishlar maktabdagi ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarga sifatli bilim berish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilganligi qayd etildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari 8-, 27- va 56-sonli umumta’lim maktablarini ham ko‘zdan kechirdi. Ushbu maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning qanchalik darajada amalga oshirilgani, sinfxonalarning isitish tizimlari, material-texnika bazasining holati hamda o‘quv jarayonlarida foydalanilayotgan uskunalar va metodikalar bilan tanishildi. Shuningdek, 13-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktabda ham o‘quv jarayonlari bilan tanishildi.
Xususan, mazkur maktablarga biriktirilgan Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar, ya’ni ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy malakasini rivojlantirish va toifalash jarayonlarini takomillashtirish borasidagi taqdimotlar ham muhokama qilindi. Bunda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va pedagogik jamoaning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib, ovqatlar tayyorlash sharoitlari bilan qiziqdi. Ratsion asosida oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlarining berilishini ta’minlash, oshxonada sanitariya-gigiena talablariga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi. Bog‘chada bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar topshirildi.
Keyingi manzil “Yangi qurilish” mahallasidagi “Bobur” oilaviy shifokorlik punkti bo‘ldi. Bu yerda aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi o‘rganilib, shifokorlik punktida olib borilayotgan ishlarga baho berildi. Tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan bajarilayotgan ishlar taqdimot qilindi.
Aholi salomatligini yaxshilash va sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni kuchaytirish kerakligi ta’kidlanib, mutasaddilarga tumanda ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini rivojlantirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun