“Yil ayoli” aniqlandi

Date:

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yil ayoli” milliy ko‘rik-tanlovi ishbilarmon, jamiyatda o‘z o‘rnini topgan ayollarni kashf qilishga xizmat qilayotir. Joriy yilda ham ushbu milliy tanlovning Sariosiyo tuman bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovdan maqsad jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishdan iborat.
Tanlovning tuman bosqichida 12 nafar ishtirokchi bir qator shartlar boʻyicha 5 balli tizimda baholandi. G‘oliblar mazkur tanlovning viloyat bosqichida qatnashish yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Bundan tashqari, “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” kabi qator nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun