Bir yaxshilik, o‘n bo‘lib qaytadi

Date:

Ayol jamiyatning gultojidir. Ular qo‘llab-quvvatlansa, g‘amxo‘rlik ko‘rsatilsa, bu yaxshilik jamiyatga bir necha baravar bo‘lib qaytishini amaldagi islohotlar ko‘rsatib, isbotlab turibdi. Kechagi ishsiz ayollar, kerakli qo‘llovdan so‘ng, ishbilarmon tadbirkor sifatida nafaqat o‘zi, balki atrofdagi ishsiz ayollarning-da ishli bo‘lishiga xizmat qilayotir.
Sherobod tumanidagi “Qorabog‘” mahallasida “Kambag‘allikdan — farovonlik sari” dasturi esa bu borada dasturil amal bo‘lmoqda. Dastur doirasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Sherobod kasb-hunarga o‘qitish markazi hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan “Qorabog‘” mahallasida kambag‘al oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, ijtimoiy yagona reyestriga turgan oilalar ro‘yxati shakllantirilib, tikuvchilik, kompyuter savodxonligi, ayollar sartaroshligi yo‘nalishlarida kasb-hunarga yo‘naltirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun