TerDUda “Yoshlar markazi” faoliyat boshladi

Date:

Hududlarda “Yoshlar markazi” faoliyat yuritsa, yoshlarning iqtidori kashf etiladi, mahorati oshib, kasb-hunar yoki ijodiy yo‘nalishlarda o‘z qirralarini ochishadi. Ayni “Yoshlar markazi” universitet qoshida bo‘lsa, bu bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilib, o‘zlarini foydali yo‘nalishlarga jalb etadilar.
BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan markazning ochilish marosimi bayramona ko‘rinish kasb etdi. Unda Surxondaryo viloyat hokimligi, TerDU rektori, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi, BMT taraqqiyot dasturi mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Markaz universitet qoshida alohida kompleks sifatida tashkil etilgan bo‘lib, ingliz tilida turli xil mavzularda munozaralar o‘tkazish, kitob mutolaa qilish hamda kompyuter laboratoriyasi, yuridir klinika va multimedia xonalari zamonaviy qulay mebel jihozlari, elektron va boshqa qurilmalar bilan ta’minlangan.
Loyihaning ikkinchi qismi doirasida Surxondaryo viloyatidagi yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish hamda ularning bandligini oshirish maqsadida tematik treninglar va seminarlar tashkil etish orqali yoshlarning chet tillarini bilish darajasini oshirish, yuridik klinika faoliyati orqali ularga bepul huquqiy maslahatlar berish, biznes trenerlarni jalb qilgan holda ularni oʻqitish va oʻzlarining startap loyihalarini boshlab olishlariga koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun