Akiko Fujji xonim Surxondaryoda

Date:

Xalqaro hamkorlik aloqalari viloyatimizning yanada rivoj topishida, sohalarda tub burilishlar yasalishiga xizmat qiladi. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mehmonlar uyida Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Hatori Takashi hamda BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Akiko Fujji xonim rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Yaponiya texnologiya universitetini tashkil etish, tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, onkologik kasalliklarni davolash, oldini olishga qaratilgan tizimli tibbiy dasturni yo‘lga qo‘yish hamda boshqa loyihalar amalga oshirilayotganligi, shuningdek, 32 gektar maydonda Yaponiya texnologiyalari asosida biznes markazi, mehmonxona, texnopark, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar, akvapark hamda turar joylar kompleksini qurish rejalashtirilganligi ta’kidlandi.
Tomonlar hamkorlikdagi loyihalarning borishi, istiqboldagi rejalar hamda yoshlar, mahalla, xususiy sektor, sog‘liqni saqlash hamda davlat xizmati sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun