Inspektorlar hamda mahalla xotin-qizlar faollarining malakalari oshirildi

Date:

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan birgalikda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati mas’ul xodimi hamda “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi mutaxassislari tomonidan, zo‘ravonlikka qarshi kurashning xalqaro va milliy meyoriy-huquqiy asoslari xususida so‘z yuritildi.
Jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish, ularning huquqiy bilimi va savodxonligini oshirish, psixologik yordam hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “Himoya orderi” berish tartibi xususida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Zo‘ravonlikning sabablari, ishtirokchilari va turlari, uning oilaviy nizodan farqini aniqlashtirish maqsadida, ishtirokchilar yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda amaliy mashg‘ulotlar olib borilib, xodimalarning erkin fikr bildirishi bilan bir qatorda mavzuga doir bilimlari yanada mustahkamlandi.
Ikki kun davom etgan trening yakunida ishtirokchilarning mavzuni o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida, ulardan sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun