Yetakchi spartakiadasi

Date:

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun jismoniy sog‘lomlikni mustahkamlash va intellektual salohiyatini yuksaltirish nafaqat sog‘lom raqobat, balki do‘stlik va hamkorlik aloqalarini ham yanada mustahkamlaydi. Ayni maqsadda Termiz shahrida “Yetakchi spartakiadasi”ga start berildi.
Yetakchilar mini-futbol (erkaklar), voleybol (qizlar), qo‘l to‘pi, shaxmat, stol tennisi, “Zukko kitobxon”, “Zakovat”, “Ibrat farzandlari” (ingliz tili) kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in kechgan tanlov va musobaqalarda 3-sektor jamoasi “Zakovat” turnirida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Ibrat farzandlari” loyihasi bo‘yicha ingliz tili fanidan “Turon” mahallasi yoshlar yetakchisi Farrux Jo‘rayev 1-o‘rinni, stol tennisi bahslarida A.Avloniy mahallasi yoshlar yetakchisi Muxriddin Ko‘charovga teng keladigani topilmadi. Ha, yoshlar yetakchilarni nafaqat yoshlarni faollikka chorlaydi, balki o‘zlari ham eng yaxshi o‘rnak va namunadirlar. Buni ular “Yetakchi spartakiadasi”da namoyon etdilar. Ayni musobaqalar har birimiz uchun esda qolarli bo‘ldi. Muhimi, o‘z iqtidor va mahoratimizni ishga soldik. Va qaysidir yo‘nalishda faol, ilg‘or ekanimizni namoyon eta oldik. Yechakchilar orasida kaminaning-da ortda qolmagani, mahallam, jamiyat oldida yuzimni yorug‘ qildi. Quvonarlisi, shaxmat musobaqasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdim. Ushbu spartakiada biz yetakchilarning o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni oshirdi. O‘z oldimizga ulkan maqsadlar qo‘yib, shu yo‘lda dadil qadam tashlashimizda kuch bag‘ishladi.

Shavkat SHUKUROV,
Termiz shahridagi “Eski shahar” mahallasi yoshlar yetakchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun