Kelajak savodxon yoshlar qoʻlida

Date:

Ko‘chalardagi reklama va yozuvlardagi xatolarni ko‘rsak, jig‘ibiyronimiz chiqishi rost. “E’tibor berib yozsa yo yozuvini devorga ilishidan oldin tekshirtib ko‘rsa bo‘lmaydimi” degan o‘y xayolimizdan o‘tishi aniq. Aslida har birimiz savodxon bo‘lishimiz, xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Zero, manman va o‘ziga bino qo‘ygan insongina o‘zini maqtaydi.
Insonning qandayligi xulqi, yurish-turishi, muomalasi va boshqa jihatlar bilan namoyon bo‘lsa, savodxonligi, bilimi, uning yozganlari orqali ayon bo‘ladi. TerDU talabalari ham zoom dasturi orqali “Oʻzbekiston kelajagi savodxon yoshlar qoʻlida” shiori ostidagi “Ommaviy diktant” aksiyasida ishtirok etib, o‘zlarining nechog‘lik savodxon ekanliklarini sinab ko‘rishdi.
Ushbu tadbir oʻzbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash va yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamkorligida tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun