Talablar o‘zgardi

Date:

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tartiblarni belgiladi. Hukumatning shu yil 9-oktyabr kungi qarori bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita litsenziyasining bir qator talab va shartlari e’lon qilindi. Jumladan, Umra tadbirlarini tashkil etuvchilar 1 million dollar mablag‘ni “Ziyorat jamg‘armasi”ga zaxira qilib qo‘yishlari shart.
Qarorda, shuningdek, ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayinlash; turfirma shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot; voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik; o‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik kabi talablar ham belgilangan.
Bundan tashqari, yangi hujjatda Umra xizmatlari Saudiya Arabistoni podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar uchun to‘lovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish; ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, xususan o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash; xalqaro yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega, bu davrda yo‘lovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniya bilan hamkorlik qilish; ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam bo‘lmagan mehmonxonalarga joylashtirish; Umra xizmatini 3-davlatlar orqali ko‘rsatmaslik singari yana bir qator shartlar ham nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, eski litsenziyalar bilan Umra ziyoratlarini tashkil etish 2024-yil oktyabrgacha belgilangandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun