Statistika agentligi ISO 9001 xalqaro sertifikatini oldi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning avgust oyida Statistika agentligi markaziy apparatida “Central Asia Certification” sertifikatlash tashkilotining xalqaro auditorlari tomonidan Agentlik faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi o‘tkazildi.
Audit yakunlari bo‘yicha sentabr oyida xalqaro sertifikatni taqdim etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Buning natijasida, Statistika agentligining statistika faoliyati, shu jumladan, rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish faoliyati “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro sertifakatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Shu munosabat bilan MDHning II Xalqaro Statistika forumining yakunida Statistika agentligida sifat menejmenti tizimini joriy qilganligi bo‘yicha ISO 9001 xalqaro sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sertifikatni TÜV AUSTRIA Group xalqaro sertifikatlash tashkilotining vakolatxonasi “Central Asia Certification” MCHJ direktori Xalida Muxamedova tantanali ravishda Statistika agentligi direktoriga topshirdi.
Ma’lumot uchun: “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” dunyodagi eng mashhur xalqaro standart bo‘lib, dunyo bo‘ylab 180 mamlakatlardagi milliondan ortiq tashkilotlar sertifikatlashtirgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun