Kasbim — faxrim

Date:

Buyuk yozuvchilaridan biri shunday degan ekan: “Hayotda siz uchun eng sevimli bo‘lgan kasbni tanlang va siz bir umr ishga bormaysiz”. Haqiqatan ham agar kishi o‘z sevgan kasbida ishlayotgan bo‘lsa, u hech qachon har ertalab o‘zini ishga ketyapman deb hisoblamaydi. O‘z sevgan kasbi bilan shug‘ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag‘bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. Oliygohni tamomlaganimdan so‘ng, Termiz tumanidagi 14-DMTTda o‘z faoliyatimni tarbiyachi vazifasida boshladim. Bolajonlar bilan kun tartibiga rioya qilgan holda bir-biridan qiziqarli, ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalovchi mashg‘ulotlar bilan vaqtimizni chog‘ o‘tkazamiz. Tarbiyachilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi.
O‘z ish faoliyatim davomida shuni angladimki, tarbiyachi o‘z ustida tinmay ishlamog‘i lozim. Ayniqsa, qadriyatlarimizni, milliy o‘zligimizni, madaniyatimizni bolalarga o‘yinlar orqali o‘rgatib bormoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Vazirligi tomonidan qabul qilingan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

Sh.ABDUNAZAROVA,
Termiz tumanidagi 14-sonli DMTT katta guruh tarbiyachisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun