Puxta hozirlik ko‘rilmoqda

Date:

Kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rib, mavsumni talafotsiz, elektr energiyasi va gaz ta’minotida uzilishlarsiz o‘tkazish lozim. Buning uchun esa nafaqat xonadonlar, tegishli tashkilot va idoralar ham qish-qirovli kunlar oldi zarur tadorlikni ko‘rib qo‘yishi lozim. Viloyatimizda bu boradagi ishlar allaqachon boshlanib ketgan. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida sektorlar, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari hamda hududiy studiyalar orqali shahar va tumanlar mutasaddilari ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli turar joylarda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.

Viloyat rahbarining ko‘rsatmasi bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahri va tumanlardagi maktab, bog‘cha, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda ko‘p qavatli turar joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda qator xato va kamchiliklar aniqlanganligi ta’kidladi.

Kommunal va ijtimoiy soha rahbarlari, hududlar mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Ularga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni har bir maktab, bog‘cha, tibbiyot maskani hamda turar joylar kesimida tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirig‘i berildi. Shuningdek, o‘rganish ishlari doimiy ravishda olib borilishi, barcha sohalarda kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun