Har ishi ibrat

Date:

Ba’zan farzand tarbiyasida sustkashlik qilamiz. Uni qilma, bu mumkin emas degan taqiqlardan tashqari, farzandlarimizning biror ishi yoqmasa, urishishdan o‘zimizni to‘xtata olmaymiz. Biroz vaqt o‘tib, qizimizning ovozi baland chiqayotgani, o‘g‘limizning fe’li torligini kuzatib turib, o‘zimizga ko‘zgu tutilayotganini anglaymiz yoki yo‘q. Bu, albatta, qaysidir ma’noda ogohlantirish. O‘z vaqtida barini izga solish mumkin. Tuzatishni o‘zimizdan boshlaylik. Unutmaylikki, qush uyasida ko‘rganini qiladi.

Yomon odatlarimizni o‘zlashtirayotgan farzandlarimiz yaxshilarini ham takrorlashadi. Demak, ko‘proq kitob o‘qiylik, sarishtalikni, xushmuomilalikni kanda qilmaylik. Tushuntirishdan, nimanidir o‘rgatishdan erinmaylik, har bir mashg‘ulot qiziqarli o‘tsin. Yoki ibrat olishga arzigulik oilalarda o‘rnak olaylik. Atrofimizda ana shunday oilalar juda ko‘p. Ana shunday oilaning bekasi sho‘rchilik Bo‘ritosh Abdurahmonova 30 yillik umrini 14-umumta’lim maktabida tarix fanidan saboq berishga bag‘ishlagan. Bugun nafaqada.

7 nafar farzandni ulg‘aytirib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun harakat qilgan, o‘quvchilariga mehr bilan saboq bergan Bo‘ritosh Abdurahmonova nabiralari uchun tashkil qilgan mo‘jazgina kutubxonasi yoshlarning ham sevimli maskaniga aylangan.

— Kitob har bir insonning eng yaqin do‘sti, maslakdoshidir, — deydi Bo‘ritosh Abdurahmonova. — Qo‘ni-qo‘shnilar bilan bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gaplashgandan ko‘ra, bir umr kitob mutolaa qilishni ma’qul ko‘rganman. Shundanmi, farzandlarim, nabiralarim, hattoki shogirdlarim ham o‘zim singari kitob o‘qishni ma’qul ko‘rishadi.

Albatta, kitob haqiqiy ma’noda har birimizning eng yaqin do‘stimiz. Chin ma’noda maslahatdoshimizdir. 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehson

— Alo, Assalomu alaykum, bu ehsonchi akani telefonlarimi?— Vaaleykum...

Giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yish holatlariga afsuski, duch kelmoqdamiz....

MTTda o‘yin maydonchalari barpo etilmoqda

Bog‘cha bolajonlarning sevimli maskani. Do‘stlari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazadigan,...

“Turon yoʻlbarslari” bellashishdi

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab...
KunTun
KunTun