Harbiy texnikalar qishki rejimga o‘tkazilmoqda 

Date:

Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni qishki sharoitda foydalanish rejimiga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda. Bu kabi kompleks tadbirlar harbiy texnikalarni yuqori jangovar shaylik darajasida ushlab turish hamda ob-havoning sovuq sharoitida sozligini ta’minlash uchun o‘tkaziladi.

Harbiy texnika va qurol-aslahalarning jangovar shayligini ta’minlashda ularga ko‘rsatilayotgan texnik xizmatlarning ahamiyati katta. Har bir komandir, har bir harbiy xizmatchi o‘ziga biriktirilgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning soz va shayligi uchun mas’uldir. Mazkur tadbirlarni bajarish chog‘ida harbiy qismlardagi texnikalarda sovutish suyuqliklari almashtiriladi, har bir jangovar mashina agregat va tugunlari tekshirildi, yoqilg‘i-moylash ashyolari yangisiga almashtirilib, elektr va aloqa jihozlarining sozligi nazoratdan o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun