Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi

Date:

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentyabrdagi 135-son Farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi.

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi. Shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obektlariga qo‘shimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda ushbu to‘lovlar Toshkent shahrida 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan qurilish hajmining har bir kub metri uchun undiriladigan to‘lovlar shaklida olinadi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha) ruxsat etilgan foydalanish turini belgilash va o‘zgartirish masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.

Jamshid Aliyev,

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...
KunTun
KunTun