“Dreem silk”ka sayohat

Date:

Har qanday insonni yo‘lga solish, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish mumkin. Shunchaki, targ‘ibot va yo‘nalish to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Termiz shahar IIB JXX Probatsiya nazorati ostidagi yoshlar va ayollar bilan ham ishlash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Buni amaliy natijalar isbotlab turadi. Ana shunday ishlarning davomi sifatida aytishimiz mumkinki, Termiz shahar hokimi o‘rinbosari G.Rahmonova va probatsiya guruhi inspektori D.Allanazarova tashabbusi bilan Probatsiya nazorati ostidagi yoshlar va ayollar “Dreem silk” tekstilga tashrif buyurdilar. Sayohat davomida tadbirkor bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tekstilda yaratilgan shart-sharoitlar, ish vaqti bilan tanishtirilib o‘tildi. Tekstil rahbari kelgusida ishlash istagini birdirgan ayollarimiz bilan bajonnidil ishlashini bildirdi. Yosh ayollarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chivinlarga qarshi innovatsiya

Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi kundalik hayotdagi muammolarni hal...

Xalqaro urug‘chilik markazi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish oziq-ovqat...

Marraga birinchi keldi

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish...

Diplom bilan tugamas ta’lim

Oliy ta’lim diplomi inson hayotining muhim poydevori bo‘lib qolmoqda....
KunTun
KunTun