Ozon qatlami tiklanayaptimi?

Date:

Kopernik atmosfera monitoringi xizmati olimlari Yerning ozon qatlami tiklanayotgani haqida xabar berdi. Oxirgi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, Janubiy qutb ustidagi ozon teshigi avvalgi yillarga qaraganda kichikroq hajmni tashkil qilmoqda.
Tuynuk maydoni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,48 million km2ga kam bo‘lgan. Olimlarning ogohlantirishicha, bu o‘zgarish asosan global ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Ammo keyingi 40 yil ichida ozon qatlami to‘liq tiklanadi, deb ishonishga asos bor.
Ozon qatlami sayyoradagi hayot uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u quyoshdan zararli ultrabinafsha nurlanishni o‘zlashtiradi. 1985 yilda Britaniya Antarktika tadqiqoti Antarktida hududida ulkan teshik ochilganligini aniqladi. U har yili bahor yaqinlashganda ochiladi va ulrtabinafsha nurlarining sirtga kirib borishiga imkon beradi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, 2024-yilda teshikning shakllanishi odatdagidan ancha sekinroq bo‘lgan. U faqat sentabrda paydo bo‘lgan, ilgari avgust oyining o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Prognozlarga ko‘ra, dekabr oyining boshiga kelib, teshik butunlay yopiladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, ozon teshigining paydo bo‘lishiga vulqon otilishidan tortib, iqlim o‘zgarishigacha ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, asosiysi, xloftoruglerodlar yoki xlorftorokarbonlardan – ozonni buzuvchi moddalardan foydalanish. Yigirmanchi asrda ular aerozol qutilari va muzlatgichlar ishlab chiqarish uchun faol ishlatilgan, bu esa ozon qatlamining yo‘q qilinishiga olib keldi. 1987 yilgi Monreal protokoli bu moddalardan foydalanishni taqiqlagan, ammo ularning ta’sirining oqibatlari uzoq yillar davomida seziladi, deb xabar beradi The Daily Mail.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun