Qishga tayyormiz… mi?

Date:

Qish yaqin. Ayozli kunlarga tayyorlanib, uyimizda bo‘ladimi, tashkilot va idoralarda, ayniqsa, ta’lim muassasalarida munosib shart-sharoitni yaratib qo‘yish lozim. Aks holda, sovuqda diydiragan o‘quvchining miyasiga ustoz saboqlari emas, isinib olish tashvishidan bo‘lak xayol kelmaydi. Ayni jihatlarni ko‘zlagan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Alpomish” va “O‘zbekiston” mahallalarida boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati hamda Jarqo‘rg‘on tumanida 66-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi.
BSKlar faoliyati bilan tanishuv davomida ko‘p qavatli turar joylarni markazlashgan isitish qozonxonalarining mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida kommunal va ijtimoiy soha hamda FVV mutasaddilari, shahar va tumanlar mas’ullari bilan videokonfrensaloqa shaklida mavsumga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi. Mutasaddilarga tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanidagi maktabda ijtimoiy soha ob’ektlarini mavsumga tayyorlash ishlari muhokama qilinib, mas’ullarning axboroti tinglandi. Tumanga tashrif yakunida “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar qurilishi bilan ham tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Musiqa terapiya assotsiatsiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda musiqa terapiya sohasini rivojlantirish va uning zamonaviy tibbiyotdagi...

Tarbiyalanuvchilar uchun avtobus ajratildi

Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalar uchun maxsus avtobus ajratildi....

Narxlar barqaror

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nafaqat issiqlik ta’minoti yoki energiya masalasi,...

Yangi o‘quv markazlari tashkil etiladi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev...
KunTun
KunTun