Ustozlar sharaflandi

Date:

Mehnatingiz munosib rag‘batlantirilsa, ishingizga nisbatan mas’uliyatingiz oshadi. Yanada shijoat ila oldinga intilib, yuqori marralarni ko‘zlaysiz. Bunday fidokorlik, ayniqsa, ta’lim sohasida ayni zarurat. Sababi, yoshlar taqdiriga befarq qarab bo‘lmaydi. Oltinsoy tumanidagi tantanalar saroyida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.
Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim fidoyilarini bayram bilan samimiy tabriklab, Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Tadbirda ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar hamda soha faxriylariga viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari tantanali topshirildi.
To‘kin dasturxon atrofida bayramona o‘tkazilgan tadbirda qiziqarli konsert dasturi namoyish etilib, elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun