Subsidiyaga ariza berish 23-sentyabrdan boshlanadi

Date:

Uy-joyga muhtoj yoshlar borki, uy olishni maqsad qiladi. Uy olish esa oson emas. Subsidiya berilishi esa uy xarid qilmoqchilar uchun katta yengillikdir. Ya’ni kredit to‘lasangiz, boshlang‘ich to‘lovlariga-da davlat sizga to‘lashga yordamlashadi.Prezidentimizning “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, uy-joy uchun subsidiyalarga arizalar berish 23-sentyabr soat 09:00 da boshlanadi. Shuningdek, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi. Arizalar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...

Iqtidori e’tirofga sazovor

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Farxod Nazarov Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan...

“Inson uchun – 2026”: bandlikka keng yo‘l ochilmoqda

“Inson uchun – 2026” festivali doirasida mamlakatimiz hududlarida nogironligi...
KunTun
KunTun