30 ta loyiha taqdimot qilindi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar institutida Novosibirsk delegatsiyasi uchun Surxondaryo viloyatining foydali qazilmalari, tog‘-kon va geologiya sanoatidagi salohiyati bilan tanishtirish maqsadida taqdimot o‘tkazildi. Unda vohamiz tadbirkorlari ham ishtirok etdi.
Taqdimotda geologiya sanoatidagi investitsion salohiyati, neft va gaz, toshko‘mir, polimetall, osh tuzi konlari, gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloqlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda ishlab chiqilgan 30 ta yangi loyihalar taqdimoti bilan ham tanishtirildi.
Shuningdek, taqdimot davomida Novosibirsk tomonining qiziqtirgan savollariga javoblar berildi hamda kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda ham hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini tayyorlashga kelishilib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun