Termiz tumanida “Mahalla karvoni”

Date:

Yurtimizning barcha viloyatlarida “Mahalla karvoni” ma’naviy-marifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotir. Termiz tumanida ham O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan 33 ta loyiha tanlovi doirasida “Mahalla karvoni” ma’naviy-marifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Jumladan, Tumanning “Orol” mahallasida tashkil etilgan konsert dasturi ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Ayniqsa, xalqimiz sevgan san’atkor Anvar Sobirovning tashrifi tuman ahli uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. San’atkorning vatanparvarlik, mehr-muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari hamda so‘z ustasi Axror Qo‘shmatovning chiqishlari konsertga o‘zgacha fayz kiritdi. Bir so‘z bilan aytganda, konsert dasturi va chiqishlar tashrif buyurgan keng jamoatchilik ahliga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun