Ko‘chalar obod bo‘lmoqda…

Date:

Viloyatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi kabi Muzrabot tumanida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tozalik-ozodalik bor joyda rizq-baraka bo‘ladi. Shunday ekan, har birimiz xonadonimiz va ko‘chalarimizni toza saqlab, saramjon-sarishta qilsak, mahallamiz ko‘rkam va obod maskanga aylanadi.

Jumladan, Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov va sektor rahbarlari boshchiligida tumanning “Oriyat” mahallasida tegishli mutasaddi tashkilot va korxonalarda hududlarni tozalash, obodonlashtirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Hozirda tuman bo‘ylab topshiriqqa asosan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tumandagi barcha mutasaddi tashkilot va korxonalar ishtirokida ishlar olib borilmoqda.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun