Tengdoshimga huquqiy yordam

Date:

Maktab ta’limida kimdir adabiyotga, kimdir san’atga qiziqsa, kimlardir tarix fanini sevib o‘qiydi. Yana boshqalar uchun huquqiy bilimlar afzalroq. Qiziqish ila o‘rganilgan fan esa yaxshi o‘zlashtiriladi. Fanni yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchidan esa sinfdoshlari savollar berib, maslahat so‘rab, bilib olishlari, yordam olishlari mumkin. Bu bilan yoshlar nafaqat bilimlarini takrorlab, mustahkamlab olishadi, balki atrofdagilarga yordam ham berishadi.Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, yoshlarni qonunlarga itoatkor va ularga hurmat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashishdir. Asosiysi, mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea xodisalardan xabardor bo‘lishlari va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini anglab yetishlari uchun yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etishdan iboratdir.Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi YuXKM tomonidan tumandagi 52-sonli maktabda mana shunday tadbirlar tashkil etildi. Bu orqali ularning huquqshunoslik kasbiga hamda ushbu sohaga qiziqishlari oshib borayotganligi bevosita muloqotlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, viktorina o‘yinlari orqali o‘quvchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazilib, eng faol yoshlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi xususiy maktab xizmatga shay

Denov tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam...

Mis qayta ishlanadi

Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga...

Jarqo‘rg‘onda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Xorijiy investorlar va kompaniyalar delegatsiyalari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi...

Basaltdan mineral vata ishlab chiqariladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investorlar bilan navbatdagi uchrashuvlarni...
KunTun
KunTun