E’tibor-u e’tirofga loyiq

Date:

Sportda chiniqish, muvaffaqiyat qozonish uchun albatta, mehnat-u mashaqqat bilan birga ustoz-trenerning xizmati ham katta bo‘ladi. O‘zbek sportchilarining dunyo arenalarida g‘oliblik gashtini surishlarida ana shunday trenerlarning xizmatini ham e’tirof etib o‘tish lozim.
Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayin shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar, o‘smir qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ham trenerlarning xizmati-yu mehnati yaqqol ko‘zga tashlandi. Sababi chempionatda mahoratli, kuchli sportchilar ishtirok etdi. Har bir jang e’tibor-u e’tirofga loyiq bo‘ldi. Murosasiz kechgan kurashlarda o‘zbek bokschilari ham o‘z kuch va mahoratlarini namoyon etdilar.
Musobaqada jarqo‘rg‘onlik sportchilar ham ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar. O‘smirlar o‘rtasida 75 kilogramm vazn toifasida Asilbek Abdusamadov 2-o‘rinni, o‘smir qizlar o‘rtasida 70 kilogramm vazn toifasida Xadichabonu Bekova esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun