Tikuv mashinalari topshirildi

Date:

Daftarlar asosida yurtimizda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganki, ularga a’zo bo‘lib, so‘ralgan yordam o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi va munosib qo‘llab-quvvatlanadi. Buni ayni daftarlar asosida yordam olayotgan fuqarolar misolida ko‘rish mumkin.
Buning uchun mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari tavsiya qilishsa, kifoya. Ayni tavsiyaga asosan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning murojaatlariga asosan ularning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun kerakli yordam ko‘rsatildi.
Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Rahmonovlar tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz 45 nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun