Hech kim siyosiy jarayonlarga befarq emas!

Date:

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab oktyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘ladigan deputatlik saylovlarida partiyalarning ishtirok etishi uchun imzo to‘plash jarayonlari davom etmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi vakillari tomonidan Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Unda partiyaning xayrixohlari, pedagoglar, ma’rifat maskani xodimlari, kelajak umidi bo‘lgan yoshlar, nuroniylar, mahalla faollari, shuningdek, yosh sportchilar ishtirok etdi.


Keyingi manzil Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bo‘ldi va u yerda o‘tkazilgan tadbirda dastlab, qatnashchilarga tadbir mohiyati batafsil tushuntirildi. Jarayonda ishtirok etgan 100 nafardan ortiq partiya a’zolari va universitet xodimlari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlab imzo chekishdi.
Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida tashkil etilgan imzo yig‘ish jarayonida ham 200 nafardan ortiq partiya a’zolari va tibbiyot xodimlari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlab imzo chekishdi. Ularning ta’kidlashicha, bugungi islohotlar, yangilanish va hayotimizni ijobiylashtirayotgan dolzarb o‘zgarishlar davrida hech kim chetda turmasligi kerak!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun