Yoshlar plogging aksiyasida faol

Date:

Yo‘lingizda uchragan chiqindini olib, maxsus idishga tashlasangiz, sizni kuzatayotganlar ham bevosita atrof-muhit tozaligi uchun o‘z hissasini qo‘shishga harakat qiladi. Hech bo‘lmaganda, boshqalarning mehnatini qadrlab, duch kelgan joyga chiqindi uloqtirmaydi. Bu siz-u bizning ekologik madaniyatimizni belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida joriy yilning 16-avgustdan 16-sentabrga qadar “Ekologiyaning yosh himoyachilari” dasturi loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat Ekologik partiyasi kengashi hamda viloyat Prokuraturasi hamkorligida 50 nafar eko volontyorlar ishtirokida “Plogging” aksiyasi, ya’ni chiqindilarni yig‘ish aksiyasi tashkil etildi.
Kun davomida davom etgan ekoaksiya davomida ekofaollar tomonidan 200 kilogramga yaqin, belgilanmagan joylarga tashlangan plastik chiqindilar yig‘ildi va maxsus texnikalar orqali chiqindi poligoniga olib ketildi. O‘ylaymizki, bu kabi ekoaksiyalar yoshlar o‘rtasida ekologik savodxonlikni oshirish bilan birgalikda yurtdoshlarimizning ekologik madaniyati shakllanishiga ham xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun