Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi…

Date:

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda loyihalar, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Muzrabot tumanlariga tashrif buyurdi.
Avvalo, viloyat rahbari og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Termiz tumanidagi Sharof Rashidov mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, so‘ng yangilangan mahalla idorasi binosining foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi. Sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda mahallada amalga oshirilgan ishlar e’tirof etilib, aholi uchun qulay sharoitlar yaratilganligi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, viloyat rahbari mahalla idorasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, “yettilik” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar axborotini tingladi. Mahallani kompleks rivojlantirish, “yashil” toifaga o‘tkazish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida “Sayxunobod” hamda “Uychi” tumanlari tajribasi asosida ishlarni izchil davom ettirish vazifalari belgilab berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari hududlarga tashrifini Muzrabot tumanida davom ettirib, maktablar qurilishi va rekonstruksiyasi bilan tanishdi. Xususan, 5-sonli maktabning 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish, 140 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash, 30-sonli maktabning 270 o‘rinli va 34-sonli maktabning 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolarining qurilishi ko‘zdan kechirildi.
Viloyat rahbari qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishuvi davomida ishlarni jadallashtirish lozimligini qayd etib, o‘quv binolarini yangi o‘quv yili boshlangunga qadar foydalanishga topshirilishi lozimligini ta’kidladi.
Jumladan,Tuman rahbarlari va soha mutasaddilariga loyihalarning har birida qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish uchun qo‘shimcha ishchi kuchi jalb qilish, ishlarni qisqa muddatda, sifatli qilib yakunlash vazifasi topshirildi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi buyurtmalar portfeli shakllantiriladi

Sanoatsiz davlat iqtisodiyoti rivojlanishi mushkul. Sanoat rivojlansa, ishlab chiqarish...

Milliylik va mohiyat

Til — millat ko‘zgusi! Ona tili esa millatning ruhidir....

Tillar turfa, maqsad yagona

Jahon davlatchiligi tarixiy taraqqiyotidan ma’lumki, milliy masala har bir...

Tezkor, shaffof va qog‘ozsiz

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida sud-huquq tizimini sun’iy...
KunTun
KunTun