Sertifikatlar topshirildi

Date:

Bugungi kunda ishsizman deganning-da qiziqish va layoqati o‘rganilib, u boki bu kasb-u korga o‘qitilayotgani ham eng yaxshi chora bo‘lib xizmat qilayotir. Buning natijasida qanchadan qancha yosh va xotin-qizlar hunar o‘rganib, o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashayotgani ham sir emas.
Viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazining malakali mutaxassislari hamda Uzun tumandagi Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi tomonidan “Malandiyon” mahallasida yashovchi 48 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan ayollar ham tikuvchilik va tadbirkorlik asoslari yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitildi. O‘quvlar yakunlanib, ularga sertifikatlar topshirildi.
Bundan tashqari, o‘qish davomida ularga mamlakat iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish maqsadlari to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun