“Murojaatdan — daromadga”

Date:

Xabaringiz bor, Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ularning daromad manbayini shakllantirish va shu asosda turmush farovonligini ta’minlashga qaratilgan “Murojaatdan — daromadga” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Denov shahrida tashkil etilgan loyihaning navbatdagi bosqichida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Xalq qabulxonalariga moddiy yordam masalasida murojaat qilgan ehtiyojmand, ishsiz ayollarga Prezident sovg‘alari – tikuv mashinalari tantanali ravishda topshirildi.
Xususan, Denov tumanida 100 ta, Oltinsoy tumanida 100 ta, Sariosiyo tumanida 100 ta, Uzun tumanida 100 ta hamda Sho‘rchi tumanida 105 ta, jami 505 ta ayollarga tikuv mashinalari berildi. Shu bilan birga, har bir ayol o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib olishi uchun mahallasidagi yetakchi chevar tadbirkor ayollarga biriktirilib, ularning faoliyati nazoratga olindi. Ya’ni, Prezident Xalq qabulxonasi, sektorlar va “mahalla yettiligi” har bir kooperatsiya ish jarayonini doimiy monitoring qilib boradi. Tikuv mashinasi ajratilgan har bir murojaatchining avval barqaror daromadga chiqib, so‘ng yaqin uch-to‘rt yil ichida o‘z oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishigacha yaqindan yordam berib boriladi.
Bundan tashqari, 250 nafarga yaqin ishsiz fuqaroga subsidiya asosida motokultivator, pishiriq pechlari, sartaroshlik uskunalari kabi qator mehnat jihozlari topshirildi. Shu tariqa yuzlab oilalarning daromadi shakllandi, ro‘zg‘origa fayz-baraka kirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun