TerDUda yangi markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda

Date:

Yangi o‘quv yili boshlanish oldidan talabalar turar joy haqida o‘ylay boshlaydi. Talabalar turar joyiga joylashsa, har tomonlama qulay. Ayni paytda esa talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Shunday bo‘lsa-da, yoshlarda bu borada savollar tug‘ilishi aniq. Ana shunday hollarda munosib javob berish maqsadida O‘zbekiston Resbublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etilgan.
Markaz faoliyati talabalarni turar joy bilan ta’minlash, mavjud ijara xonadonlari haqida ma’lumotlarni berish hamda ularga shu borada kerakli yordam va maslahatlarni berish borasida muhim ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun