“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul”

Date:

Har bir mahallada nuroniy otaxon-u onaxonlar yoshlar taqdiriga mas’ul bo‘lar ekan, ularning tarbiyasi, xulqi va ertangi kunidan tashvishlanmasak-da bo‘ladi. Sababi ko‘pni ko‘rgan, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan pir-u badavlat otaxon-onaxonlarimiz yoshlarga to‘g‘ri yo‘l, yo‘nalish ko‘rsata oladi. Tavsiya va maslahatlari, qimmatli o‘gitlari bilan hayotlarini nur kabi yoritadi.
Shu sababdan ham har bir mahallada nuroniylarimiz yoshlarga mas’ul qilib biriktirilgan. Ana shunday nuroniylarimizni munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovi ham doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotir. Bu yil ham ushbu tanlovning Sho‘rchi tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘rol Cho‘tboyev Prezidentimiz tomonidan keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor samarasida nuroniylarning jamiyat hayotidagi ishtiroki va ijtimoiy faolligi oshib borayotganini ta’kidladi. Aslida ham keksalar o‘z hayotiy tajriba va qimmatli o‘gitlari bilan hissa qo‘shayotgan har qaysi ishda unum va baraka ustuvor bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning jamiyatda munosib o‘rin topishida nuroniylar o‘rni katta. Shu bois ham faol nuroniylar ko‘rik-tanlovning uchta sharti bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini namoyish etdi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashakkurnoma hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun