Pokistonlik investorlar Angorda

Date:

Surxon vohasida yoz juda issiq kelishini hisobga olganda mahsulotni saqlash muammoga aylanadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash haqida gap ketganda, bir muddat sifatli saqlangan mahsulot bir necha baravar narxda qimmatga sotishga imkoniyat beradi. Shu sabab arzoniga sotganda, uni saqlash, narx-navo oshganda sotish biznesda muvafaqiyat garovidir. Ayni jihatlarni hisobga olganda, ko‘plab xorijlik investorlar sohaga mablag‘ tikib, ko‘plab loyihalarni amalga oshirayotir.
Ayni maqsadda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov pokistonlik investorlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tuman hududida agrologistika markazini tashkil qilish loyihasi bo‘yicha muzokara olib borildi. Qiymati 15 million dollarlik loyihaga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, quritish, qadoqlash eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Investorlarga loyiha uchun “Zartepa” mahallasi hududidagi zaxira yer maydonidan auksion orqali yer xarid qilish taklifi berildi. Ikki tomonlama olib borilgan muzokarada kelgusi rejalar bo‘yicha ham kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun