Pardalari sifatli va xaridorgir

Date:

Kasb-u hunr insonni xalq orasida tanitadi, hurmat, e’tibor, mehr qozonishiga xizmat qiladi. Shuni aytishsa kerak-da, inson mehnati bilan aziz deya. Sho‘rchilik Malohat Mirzayeva ham qo‘li gul tikuvchi, parda tikishni hush ko‘radi. Mahalla-ko‘y, yaqinlar, tanish-bilishlar parda tiktirtirsa, faqat va faqat Malohat Mirzayevaga buyurtma berishardi. Ana shunday buyurtmalarning ko‘pligi chevar ayolning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga turtki bo‘ldi. Shu tariqa Malohat Mirzayeva rahbarligidagi “Malohat pardalari” tikuvchilik va kasb-hunar o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan markaz faoliyatini boshladi.
O‘n to‘rt yillik tajribaga ega tikuvchi ayol istak va xohishingizga qarab, milliy, zamonaviy liboslar va pardalar tikib tayyorlab beradi. Har bir mahsulotning, tikilgan kiyim-kechak va pardalarning choki toza, sifatli. Shu sababdan ham bozori chaqqon. Uch nafar mahalladoshining bandligini ta’minlagan Malohat Mirzayeva shu bilan birga 17 nafar xotin-qizga parda tikish sirlarini o‘rgatmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas suv shou

Yoz mavsumida aholi xavfsizligini ta'minlash va bolalarning bo'sh vaqtini...

Yoshlar kamoloti – e’tibor markazida

Yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo'naltirish...

Xavfsizlik — mas’uliyat!

Yo'l harakati qoidalariga rioya qilish inson hayoti va salomatligini...

Iqtidor e’tirofi – munosib yutuq

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich...
KunTun
KunTun