Faoliyati tanqid qilindi

Date:

Mahallalarda xotin-qizlar faollari faoliyat olib boradi. Ammo ajrimlar, oilaviy nizolarning kelib chiqishi to‘xtagani, muammoga munosib yechim izlanmagani kishini o‘ylantiradi. Yoki xotin-qizlar faoli o‘z ishini uddalay olmayapti yoki mas’uliyatni his etmayapti. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Uzun tumanida xotin-qizlar faollari faoliyatining tanqidiy tahlili boʻlib oʻtdi.
Unda, 6 oy davomida tumanda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan olib borilgan ishlar, oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijadorligi, faollarning 6 oylik kasbiy yoʻnalishlaridagi muhim samaradorlik koʻrsatkichlar tahlil qilindi.
Yigʻilishda Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Zulxumor Xidirova, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizlik xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik Oʻraltosh Eshimova, Uzun tuman hokimi o‘rinbosari S.Gulboyeva, mahalla faollari, oqila ayollari, patronaj hamshiralar shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun