Davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi

Date:

Davlat xizmatlari markazlarining tashkil etilishi fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiligiga, tashkilotma-tashkilot yurishiga chek qo‘ygan bo‘lsa, endilikda ayni shu xizmatlarning-da soddalashtirilayotgani aholi uchun yanada qulaylik tug‘diradi. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2024-yil 3-iyuldagi qaroriga asosan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi. Xususan, elektron raqamli imzo kalitini berishda jismoniy shaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi.
Qurilishi tugallanmagan obyektga birlamchi kadastr pasportini shakllantirishda vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlariga uning nomidan murojaat qilish tartiblari belgilandi. Qolaversa, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilinadi.
Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bilan muvofiqlashtirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 10 kun etib belgilandi. Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma berishda arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kuniga kamaytirildi.
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirishda mulkdorning Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorligini tekshirish axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda amalga oshirilishi belgilandi. Fuqarolarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatiga litsenziya olish jarayonida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanish imkoniyati yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun