“Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz”

Date:

Yoshlar bir bo‘lsa, ularning kuchi, qudrati ana shunda seziladi. Har qanday yumush, har qanday muammo zumda hal etiladi. Ayni kunlarda “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida barcha hududlarda o‘tkazilayotgan majmuaviy sport musobaqalari ham ana shunday tus oldi va yoshlarni bir maqsad ostida birlashtirishda davom etmoqda.
Ana shunday bellashuvlar qatorida Sariosiyo tumanida joylashgan yoshlar bog‘ida Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabbusi bilan tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘linmasi va mahalla yettiligi bilan birgalikda majmuaviy sport musobaqalarining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Unda yoshlar harbiylashtirilgan sport estafetasida musobaqalashishdi. “Arqon tortish” shartida kuchlarini sinashgan bo‘lsa, “Zakovat”da bilimlar sinovida bellashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin “Ma’dankon” mahallasi yoshlariga nasib etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun