O‘zbekistonda birinchi marta…

Date:

Yurtimizda bugungi kunda tadbirkorlik sohasiga katta e’tibor qaratilib, keng imkoniyatlar yaratililayotganligi hamda turli sohalarda loyihalar amalga oshiriliyotganligi, ushbu loyihalar natijasida investitsiya kiritilib, yangi ish o‘rinlari yaratilishi aholi manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Buning natijasida aholi turmush farovonligi yaxshilanayotir. Shuningdek, ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning xorijiy hamkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi yaponiyalik investorlar bilan bo‘lib o‘tdi.
Viloyat rahbari ikkinchi uchrashuvda Yaponiyaning “Techno Bridge NKE Co., Ltd” kompaniyasi direktori Xirokazu Tanaka, “Kensetsu Chousa Consultant Co., Ltd” kompaniyasi direktori Jozuka Kenjiro va “Ark Educational System’s Co., Ltd” kompaniyasi bosh direktori Genki Kajiurani qabul qildi. Unda Yapon investotrlari tomonidan bildirilgan taklifiga ko‘ra, Surxondaryoda biznes markazi, mehmonxona, texnopark, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar, akvapark hamda turar joylar kompleksini o‘z ichiga olgan loyihani taqdimot qildi.
Shuningdek, vohamizda 32 gektar yer maydonida Yapon bog‘ini qurish hamda “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi bilan hamkorlikda Yaponiyaning BIM tizimini O‘zbekistonga tadbiq qilish loyihalari muhokama qilindi. Viloyat rahbari taklif etilayotgan yirik loyihalarni amalga oshirish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini bildirdi hamda tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihalarni tanlab olingan joylarga moslash topshirig‘ini berdi. Muzokaralar yakunida taklif etilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha datlabki kelishuvlarga erishildi.
Aytish joyizki, qurilishni loyihalash va dizayn sohasida Singapur, Malayziya va Janubiy Osiyo davlatlaridagi loyihalarga investitsiyalar kiritgan “Techno Bridge NKE Co., Ltd” kompaniyasining yillik aylanmasi 4,3 mlrd dollar bo‘lib, O‘zbekistonda birinchi marta Surxondaryoda o‘z loyihalarini amalga oshirish taklifini bildirmoqda.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ADOLAT

Bir podshoh og‘ir xastalikka chalindi. Hakimlar bu dardni o‘n...

Imtiyozli shartlarda…

Hukumat qarori (637-son, 10.10.2025-y.) bilan “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish...

Ikki hissagacha haq to‘lanadi

Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning...

Mevani bilmagan qizaloq

Qizini maktabga berishmoqchi bo‘lishdi.  Qizaloq o‘qishni boshlashi mumkinligini  tekshirish...
KunTun
KunTun