Konditsioneri ishlamasa, chiptadan pullar chegirib qolinadi

Date:

Raqobat va iste’molchi huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda konditsioneri ishlamagan kupe uchun chiptadan ma’lum summadagi pullar chegirib qolinadi. Ya’ni sovitish tizimi xizmatlari uchun ham chiptaga to‘lov qilingan, ammo yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan paytda konditsioner ishlamasa va bu holat o‘z tasdig‘ini topsa, yo‘lovchilarga havo haroratini mo‘tadillashtirish va sovitish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan endilikda kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmaydi, chipta narxidan chegirib qolinadi. Qolaversa, qo‘mita yuqoridagi kabi muammolar yuzasidan tashkilotning o‘zi yoki “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga konditsioner ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video va elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun