Ishsizlar ishli bo‘ldi

Date:

Xalqimiz orasida “Bekorchidan xudo bezor” deyishadi. Ishsizlikdan qiynalib, oilasini boqaman deb o‘zga yurtda musofirlikda, bola-chaqasidan, oilasidan, uzoqda qiynalib ishlab yurgan qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz haqida eshitamiz. Biroq, ishlash istagi borlarga izlashsa, munosib ish topilishini nahotki ular bilishmasa… Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan viloyatimizning har bir tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilingan.
Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash hamda kelajakda o‘z o‘rnini egallab, turmush farovonligini yahshilash maqsadida tuman prakurori hamda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “Arpapoya” mahallasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Shuningdek, yarmarkada, byudjet korxonalari va tadbirkorlik subyektlari jami 385 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 300 dan ortiq fuqaro va yoshlar ish topish maqsadida yarmarkada ishtirok etib, 35 nafar yosh ish bilan ta’minlandi, 34 nafariga ishga yo‘llanma berildi, tadbirkorlik va kasbga o‘qish istagi bo‘lgan 155 nafar yoshga “Mashxura-Dilorom” nodavlat ta’lim markaziga bepul o‘qish uchun tavsiyanomalar berildi. Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 31 nafar ishsiz yoshga subsidiya asosida qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun asbob-uskuna va anjomlar topshirildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun