Rimda xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetdi

Date:

Kurash o‘zbekning milliy o‘yini. Unda alplar mardi-maydon bo‘lib, bilagi zo‘rlar g‘olib bo‘lgan. Bugun dunyo alplari kurash tushmoqda, bugun dunyo ahli kurashni biladi. Maydonga tushgan mardlarni kuzata turib, qay tilde so‘zlamasin, o‘zbekona lutf bilan “halol”, “chala”, “yonbosh” deya hayqiradi. Rimda Yevropa va Osiyodan tashrif buyurgan 18 davlatdan 50 nafardan ortiq kurashchi ishtirok etgan xalqaro turnirda o‘z kuchlarini sinab ko‘rdilar.
Qizg‘in kechgan bellashuvlarda eng go‘zal usul va betakror uslublar namoyish etildi. Ushbu nufuzli turnir IKA reyting tizimiga kiritilgan bo‘lib, g‘olib va ikkinchi o‘rin egalari World Series Pro turniri uchun qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritadilar. Erkaklar o‘rtasidagi final bahsida sariosiyolik Muhsin Hisomiddinov ruminiyalik raqibi Natea ILIE-DANIELni 3 ochko farqi bilan yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun