Tozalik posbonlari velosipedli bo‘ldi

Date:

Shahrimizning toza-ozoda, fayzli ko‘rinish kasb etishiga tinim bilmayotgan tozalik posbonlarining xizmati nihoyatda katta. Kimdir bunga e’tibor berar, kimlardir yo‘q. Ammo erta tongdan chumolidek g‘imirlab, issiqni issiq, sovuqni sovuq demay supur-sidir, chiqindilarni yig‘ishtirish ishlari ila band ekaniga har birimiz guvoh bo‘lganmiz. Ana shunday fidoyi insonlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning tegishli buyrug‘iga binoan Surxondaryo viloyatida Obodonlashtirish va sanitar tozalash sohasida xizmat qilayotgan bir guruh xodimlariga velosiped topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Urunov so‘zga chiqib, soha xodimlarini avvalo bayram bilan tabriklab, kelgusi ishlariga mufaqqiyatlar tiladi. Viloyatimizda olib borilayotgan tozalik va obodonlashtirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shayotgan sohaning bir guruh xodimlariga faxriy yorliq va qimmatbaho velosiped sovg‘asi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun