NAVBATDAGI G‘ALABA

Date:

Andijon viloyatida sportning “Usmanov Kombat systems” turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu chemionatda yurtimizning turli hududlaridan mahoratli, kuchli karatechilar ishtirok etdi. Bir necha kun davomida kuchlar sinovdan o‘tib, g‘oliblik uchun kurashlarda kuchsizlar birma-bir musobaqani tark etdi.
Ana shunday murosasiz bahslarda Surxondaryo viloyat Angor tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Karate” to‘garagi a’zolari ham munosib ishtirok etishdi. Jamoamiz bo‘sh kelmay, 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi va umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladilar. Natijalarga ko‘ra, Faxriyor Boytoshev va Durdona Choriyevalar o‘z vazn toifalarida jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun