SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 4-apreldagi qaroriga asosan, Denov tumanidagi barcha mahallalarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari tuman xalq qabulxonasi mudiri X.Astanaqulov ishtirokida, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Abduraimov hamda tumandagi partiyalar raislari, shuningdek, “mahalla yettiligi” va tegishli tashkilot hamda korxona rahbarlari ishtirokida fuqarolarning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilmoqda.
Qaror bilan “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish sxemasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlariga asosan uchrashuvlar tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlari hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda, fuqarolarning muammolari ijrosi yuzasidan deputat o‘z nazorat tadbirlarini olib bormoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun