Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish davom etmoqda

Date:

Kadastr sohasida hozirda kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan 2024-yilni “Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish va ularni hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’tirof etildi. Shu munosabat bilan respublikamizning barcha viloyatlarida ishchi guruh tashkil etilib, kadastr yig‘ma jildlarini mavjudlik holatini o‘tkazish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida ham 4 ta tuman filiallarida idoraviy arxivida saqlanayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish va reja-grafigi tasdiqlandi.
Reja-grafikka asosan Surxondaryo viloyati idoraviy arxivida jami 590 935 ta kadastr yig‘ma jild hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 506 233 ta turar joy obyektlari, 38 751 ta noturar joy obyektlarini tashkil etadi. Reja-grafik ijrosini ta’minlash maqsadida filiallar joylashuvi, hujjatlar soni, ish hajmi va ichki imkoniyatlarni inobatga olgan holda boshqarmaning buyrug‘i asosida filiallardagi ma’muriy boshqaruv hamda ishlab chiqarish xodimlarini jalb qilgan holda ishchi guruhlari tashkil etildi. Idoraviy arxiv xonalardagi har bir kadastr yig‘ma jildlarini raqamlash, muhrlash va skaner qilingan hujjatlarni “Next Cloud” elektron tizimiga kiritilib, elektron ko‘rinishida saqlagan holda ishlar olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati bo‘yicha bugungi kunga qadar 43 228 ga yaqin hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilgan. Shundan 39764 ta turar joy, 3 530 ta noturar joy obyektlari to‘liq o‘rganilib chiqildi. Misol tariqasida birgina Termiz tumani arxivida jami 26951 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda. Shundan, turar joylar arxiv hujjatlari 23 935 ta, noturar joylar arxiv hujjatlari 2 767 ta, xonadonlar arxiv hujjatlari 249 tani tashkil etadi.
Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida bugungi kunga qadar jami 23 926 ta turar joy kadastr yig‘majildlari raqamlashtirilishiga erishildi. Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va “Namunali arxiv” dasturi doirasida ayni kunlarda Termiz tuman filialida raqamlashtirish ishlari davom etmoqda, arxiv xonasini zaruriy jihozlar bilan ta’minlash ishlari rejalashtirilmoqda.

B.Safarov,
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talab va ehtiyoj qondiriladi

Dunyoda tabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ehtiyoj ortib borayotganidan...

Endi «Halol» belgisi bilan…

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti...

“Parranda boqish – daromad topish”dir

Yurtimizda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi....

Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan...
KunTun
KunTun