“Yosh kitobxon” oilalar saralanmoqda…

Date:

Mutolaa zavqini bilganlar allaqachon kitobga do‘st tutingan. Kitobxonlar safi nechog‘lik kengayayotganini yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan tanlovlar-u tadbirlarda o‘z fikrlarini emin-erkin, biyron til, keng dunyoqarash ila so‘zlayotgan yoshlarning chiqishlaridanoq bilsa bo‘ladi. Ana shunday tanlovlardan biri Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovidir. Surxondaryo viloyati bo‘ylab tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tayotir.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining Termiz shahar bosqichida tanlovning mahalla hamda sektor bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yosh oilalar onlayn test yechish orqali kitobxonliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Ma’lumot uchuna ytish kerakki, ushbu tanlovda viloyat bo‘yicha jami 9 936 ta oila ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, Termiz shahar bosqichida jami 38 ta oila qatnashdi.
Qiziqarli mushihadalarga boy o‘tgan tanlovda oilalarning qanchalik ko‘p va xo‘b o‘qiganliklari ayon bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Bog‘ishamol” mahallasidan Xidirovlar oilasi 1-o‘ringa munosib ko‘rilib, viloyat bosqichida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun